PEDAGOGIK KONFERENSIYASI

PEDAGOGIK KONFERENSIYASI

Konimex tuman Maktabgacha  talim bo‘limiga qarashli 11-sonli “G‘uncha” maktabgacha  talim  muassasasida   2018-2019 o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan  istiqbol   rejalar, maqsad vavazifalarni belgilab olish va Avgust anjumanining metodik tavsiyalari ijrosini taminlash maqsadida   Avgust pedagogik konferensiyasi o‘tkazildi.
Avgust pedagogik konferensiyasiga Viloyat Maktabgacha talim boshqarmasidan  Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi mutaxassisi   Pulatov Azamat Burxonovich  va  tuman Maktabgacha  talim bo‘limi mudiri K.Narbayeva hamda tumandagi barcha Maktabgacha  talim  muassasalari   mudiralari, pedagog xodimlari qatnashdi. Konferensiyani tuman Maktabgacha  talim bo‘limi davlat talablarining  bajarilishi  monitoring   metodisti I.Abdulgaparova va 2-sonli   “Oltin kalit”  maktabgacha talim  muassasasi katta tarbiyachisi M.Xamrayevalar olib bordi.
Avgust pedagogik konferensiyasida “Ilk qadam”   maktabgacha  talim  muassasasining  davlat talim   dasturini  va maktabgacha  talim   muassasalarining  pedagogik jarayonida  ilk va   maktabgacha yoshdagi  bolalarni  rivojlatirish bo‘yicha  davlat talablarini joriy qilish bo‘yicha slaydlar  orqali tushintirilib, tarbiyachilarning ish xujjatlarining yuritilishi   yuzasida  to‘liq malumotlar yetkazildi.
Interaktiv ish shakllari  orqali   ota-onalarning  talim  va tarbiya   jarayoniga qo‘shilishlari  va jalb etilishi, boshlang‘ich  talimning  keyingi bosqichiga  o‘tishni   taminlash maqsadida  asosiy  qobiliyotlar asosida  bolalarning   malakasini  oshirishni nazarda tutadigan  Davlat dasturini  amalga   oshirish uchun maktabgacha talim muassasasi va maktablarning uzluksizligini taminlash bo‘yicha  olib borilayotgan ishlar  va oldimizga qo‘yilgan  vazifalar   pedagog xodimlar bilan fikr-muloxozalar orqali rejalashtirilib olindi.
Pedagog xodimlarga   OpenEMIS talim  boshqaruvi  axborot tizimini  amaliyotga   joriy qilish va pedagoglarning   axborot kommunikatsiya   texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish bo‘yicha  salohiyatini   oshirish yuzasidan  olib borilayotgan ishlar va OpenEMIS tizimida  ishlash yo‘llari yuzasida slaydlar asosida tushuntirildi.

O‘xshash yangiliklar

YOPISH